“Oʻzstandart” agentligida Latviyaning SAI “Baltic CG” ekspert guruhi vakili, xalqaro eksperti Yevgeniy Kostyuchenko ishtirokida «Yevropa Ittifoqida texnik jihatdan tartibga solish» mavzusida onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.

Unda “Oʻzstandart” agentligi, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirishsertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi masʼullari ishtirok etdi.

SAI “Baltic CG” ekspert guruhi vakili xalqaro ekspert Yevgeniy Kostyuchenko tomonidan ishtirokchilarga Yevropada texnik jihatdan tartibga solish tizimi, import mahsulotlarga qoʻyilgan Yevropa talablari, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish sohasidagi Yevropa tajribasi, sinov va sertifikatlashtirish jarayonlari tushuntirildi.

Shu bilan birga Yevropa bozorida elektrtexnika mahsulotlariga qoʻyilgan sifat va xavfsizlik talablarining tobora kuchayib borayotganligi sababli SE Markirovkasiga alohida eʼtibor berilayotganligini taʼkidlandi.

Tadbir yakuniga koʻra, mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun ushbu turdagi onlayn muloqotni doimiy tashkil etib borishga kelishib olindi.

“Oʻzstandart” agentligi

Xalkaro munosabatlar boshqarmasi