“Oʻzstandart” agentligi kasaba uyushma qoʻmitasi tashabbusi bilan bir guruh xodimlar Xorazm vohasining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish maqsadida sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida qadimiy va hamisha navqiron Xiva shahrining tarixiy obidalari va ulardagi asori-atiqalar bilan tanishdilar.

Shuningdek, Agentlik xodimlari Urganch tumanida joylashgan buyuk tarixdan hikoya qiluvchi muborak “Ulli hovli” majmuasida boʻlib, u yerdagi mahalliy hunarmandlar tomonidan tashkil etilgan mahorat darslari bilan tanishdilar.