«O‘quv xonalari (auditoriyalar, laboratoriya xonalari, ustaxonalar) xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament loyihasi muhokamaga qo‘yilmoqda.
Ushbu umumiy texnik reglament loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli “2020 yilgacha bo‘lgan davrda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Loyiha bo‘yicha takliflarni 2016 yil 28 noyabrga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuborishingiz mumkin.
Aloqa uchun shaxs: B.Ismoilov
Manzil: 100095, Toshkent sh., 2-Chimboy ko‘chasi 96, tel: 246-01-54, e-mail: bismailov@edu.uz