Prezidentimizning “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq sifatsiz, sertifikatlanmagan va qalbaki, shu jumladan Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimlariga kiritilgan mamlakatlariga olib kirish taqiqlangan mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi va olib kirilayotganligi toʻgʻrisidagi axborot tizimini joriy etildi.
Ushbu axborot tizimining maqsadi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash va mamlakatimiz hududiga sifatsiz mahsulotlarni kirib kelishini oldini olishga qaratilgan.
Axborot tizimiga kiritilgan sifatsiz mahsulotlar bilan sontrol.standart.uz elektron manzilida tanishishingiz mumkin.
2021-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi davlatlariga olib kirish taqiqlangan 19 ta sifatsiz mahsulotlar importiga taqiq kiritildi. Quyidagilar ushbu mahsulotlar qatoriga kiradi:
Bolalar uchun idishlar toʻplami
SOCHLARNI TURMAKLASH UCHUN VOSITA
Ogohlantirish turi: jiddiy xavfga ega mahsulot
Mahsulot nomi: haircare 2 fasen
Markasi: imago
Ishlab chiqaruvchi davlat: Belgiya
Xavf turi: kimyoviy
Tavsifi: shaffof rangdagi qopqoq va oq-qora rangli yozuvlar bilan koʻk rangli konteynerda internet orqali sotilgan.
Xavf: Mahsulot tarkibida siklotetrasiloksan moddasi mavjud (oʻlchov qiymati: 4%). Kosmetika qoidalarida siklotetrasiloksan moddasini qoʻllash taqiqlanadi. Mahsulot kosmetika qoidalariga muvofiq emas.