Mamlakatimizda eksport salohiyatini yana-da rivojlantirish maqsadida, eksportyor va eksport imkoniyatiga ega boʻlgan korxonalarda zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etishda koʻmaklashish yuzasidan onlayn seminar oʻtkazildi.

Ushbu seminarda “Oʻzstandart” agentligi Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi masʼul xodimlari bilan birgalikda eksport qiluvchi korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etish va sertifikatlashtirishda moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida mutaxassislariga batafsil tushuntirish berildi.

Onlayn seminar davomida mutaxassislarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.