Bugungi kunda respublikamizda davlat tiliga boʻlgan eʼtibor tufayli davlat boshqaruvi idoralarida davlat tili ish yuritilishi hamda hujjatlar almashinuvi kabi barcha jarayonlar davlat tilida olib borilmoqda.
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish Departamenti tashabbusi bilan chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” qoʻllanmasi mazkur sohani tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Oʻzstandart” agentligida mazkur qoʻllanmaning mazmun mohiyatiga bagʻishlangan uchrashuvda tizim tashkilotlari hamda Markaziy apparat masʼullariga qoʻllanmani ish yuritishda qoʻllash, undan samarali foydalanish, agentlik tizim tashkilotlari hamda ularning hududiy filiallarida davlat tilida ish yuritishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.