Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida yurtimizning barcha sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan maqsad va vazifalar oʻz ifodasini topgan.
Ayni kunlarda mazkur Murojaatnoma xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganilmoqda. Murojaatnomada Agentlik oldiga milliy standart va meʼyorlarimizni rivojlangan mamlakatlarning standartlariga uygʻunlashtirish vazifasi belgilab berilgan edi.
“Oʻzstandart” agentligi va uning hududiy filiallari ishtirokida tashkil etilgan tadbirning asosiy mavzusi Murojaatnomaning mazmun-mohiyatiga qaratildi. Uchrashuvda Toshkent arxitektura-qurilish instituti kafedra mudiri Shaxriddin Boymatov koʻrgazmali chiqishlari orqali Murojaatnomada belgilangan asosiy yoʻnalishlar yuzasidan maʼlumot berdi.
Tadbir soʻnggida savol-javoblar, taklif va tavsiyalar bildirildi.