Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy texnik-hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasining 11 yigʻilish Bayonnomasida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamkorligida Hindiston savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishni rivojlantirish idorasi (APEDA) bilan onlayn videokonferensiya oʻtkazildi.
Unda “Organik” mahsulotlarini jahon bozorlariga eksport qilishda “APEDA” idorasi tomonidan koʻrsatiladigan muvofiqlikni baholash ishlari, xorijiy davlatlarda “Organik” mahsulotlarga qoʻygan import talablari, “Organik” standartlar va muvofiqlikni baholash sohalarida hamkorlikda kadrlar tayyorlash, malaka almashish uchun treninglar va seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
“APEDA” idorasi faoliyati bilan quyidagi link orqali tanishish mumkin http://apeda.gov.in/apedawebsite/
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi