Til har bir millatning bebaho boyligi. Uni asrab-avaylash, boyitish orqali rivojlanadi. Ayniqsa, bugungi kunda davlat idoralarida ish yuritish, hujjatlar aylanmasida davlat tiliga eʼtibor qaratilmoqda.
“Oʻzstandart” agentligi tizim-tashkilotlarida rasmiylashtirilayotgan barcha turdagi hujjatlar, sinov bayonnomalari, meʼyoriy hujjatlarni davlat tilida yuritilishi nazoratga olingan.
Agentlikning Buxoro viloyati hududiy filiallarida davlat tiliga eʼtibor va bu yoʻnalishdagi ishlar oʻrganildi. Laboratoriyalarda rasmiylashtirilayotgan meʼyoriy hujjatlar va boshqa yoʻnalishlaridagi ishlar bilan tanishildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.