Yevropa bozori mahsulotlarning sifati va xavfsizligi borasida oʻziga xos talablarga ega. Yevropa bozorlariga ayrim turdagi mahsulotlarni eksport qilishda
SE Markirovkasi talab qilinadi. SE Markirovkasi bu Yevropaning mahsulotlarga qoʻygan sifat va xavfsizlik talabidir.
2020-yilning 28-sentyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimidagi islohotlar natijadorligi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishida “SE” markirovkasi qoʻllashni kengaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
«MED PROTECT TECHNOLOGY” korxonasida yuz niqoblarini xalqaro ISO13485 standarti talablariga moslashtirish ishlari olib borildi va xalqaro standart joriy qilindi. Natijada korxonada Yevropa Ittifoqining EUROCERT idorasidan tegishli sertifikat olinib, SE markirovkasini qoʻllashga erishildi. 2020-yilda korxona SE markirovkasini qoʻllash orqali bir yuz ellik ming dollarlik mahsulot Germaniya davlatiga eksport qilindi.
Shuningdek, “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan
“Nur Muxammad Islom Obod” MCHJda tibbiyot qoʻlqoplari ishlab chiqarishda xalqaro standart joriy qilindi. Natijada korxonada Yevropa Ittifoqining GLOBAL BUZINESS PROMATION GROUP. SP. Z.O.O idorasidan tegishli sertifikat olinib, SE markirovkasini qoʻllashga erishildi. 2020-yilda korxona tomonidan SE markirovkasini qoʻllash orqali uch yuz oʻn ming dollarlik mahsulot xorijga eksport qilindi.

SE markirovkasi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropa davlatlariga toʻsiqlarsiz eksport qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.
SE markirovkasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi (+998 71 20200 11, ichki 1027) yoki Eksportga koʻmaklashish byurosi (+998 71 20200 11, ichki 1171) murojaat qilinishi mumkin.