Milliy sifat infratuzilmasi qonunchiligini xalqaro meʼyorlarga moslashtirish maqsadida, joriy yilda “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Shu bilan birga “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining loyihasi ishlab chiqildi.
Standartlashtirish boʻyicha 14 mingdan ortiq xalqaro meʼyorlar bilan uygʻunlashgan standartlar qabul qilinib, Yevropa standartlashtirish tashkiloti (CEN) bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.
Ichki bozorni sifatsiz va xavfli mahsulotlardan himoya qilish maqsadida, 10 ta yangi texnik reglamentlar qabul qilindi.