“Oʻzstandart” agentligi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan muvofiqlikni baholash idoralari, shu jumladan xususiy sertifikatlashtirish idoralari va laboratoriyalarida davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishining holati tizimli oʻrganilmoqda.
Xususan, Toshkent shahridagi “Topfin result” va “Nipo standart” korxonalari qoshidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarida muvofiqlikni baholash natijalarini davlat tilida rasmiylashtirilishi, muvofiqlikni baholashda qoʻllanilayotgan standartlarning davlat tiliga tarjima qilinishida mutaxassislarning jalb qilinishi bilan bogʻliq masalalar muhokama etilib, bu yoʻnalishdagi ishlar tahlil qilindi va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan rejalar belgilab olindi.