Bugun Tashki ishlar vazirligi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari vakillari bilan “Oʻzstandart” agentligida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mehmonlarga soʻnggi yillarda mamlakatimizda standartlashtirish, metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohasida olib borilayotgan ishlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Diplomatik va konsullik vakolatxonalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida fikr almashildi.

 

Sohani rivojlantirish yuzasidan diplomatik va konsullik vakolatxonalari vakillari tomonidan kerakli takliflar va tavsiyalar berildi.

Tadbir ishtirokchilari Oʻzstandart» agentligi huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

Uchrashuv soʻnggida “Oʻzstandart” agentligi va Xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning standartlashtirish, muvofiqlikni baholash idoralari oʻrtasida doʻstona munosabatlarni mustahkamlashda faol ishtirok etayotgan bir guruh diplomatik va konsullik vakolatxonalar rahbarlari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.