Bolalar aravachalarining xalqaro bozori tobora oʻsib bormoqda va bu xavfsizlik va sifat bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Koʻpgina mamlakatlar va mintaqalarda ushbu muammoni hal qilish qoidalari mavjud boʻlsada, ular har bir mamlakatda turlicha boʻlishi mumkin, bu esa xalqaro savdoni isteʼmolchi uchun yana-da qiyinlashtirib boradi.
ISO 31110, Bolalar uchun gʻildirakli transport vositalari. Yigʻiladigan aravachalar va bolalar aravachalari. Talablar va sinov usullari xavfsiz va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha talablar va sinov usullariga nisbatan xalqaro miqyosda kelishilgan eng yaxshi amaliyotni taqdim etadi.
Turli xil milliy va mintaqaviy tartib qoidalarni uygʻunlashtirish orqali ushbu standartdan keng foydalanish mahsulot narxini pasaytirishda muhim oʻrin tutadi.
Texnik qoʻmita standartlari boshqa turdagi gʻildirakli transport vositalarining ishlashi va xavfsizligi talablariga javob beradi.
Masalan, velosiped va aravachalardagi bolalar oʻrindiqlari, aravachalar, bolalar vannalari va bolalar oʻrindiqlari kabi oʻtiradigan joylar va tanani parvarish qilish vositalari va boshqa mahsulotlar.
Yangi ISO 31110 Bolalar uchun gʻildirakli transport vositalari. Yigʻiladigan aravachalar va bolalar aravachalari standarti -Fransiya Milliy standartlashtirish tashkiloti (AFNOR) rahbarligidagi ISO/TK 310 texnik qoʻmitaci tomonidan ishlab chiqildi.
Mazkur maqola Xalqaro standartlashtirish tashkilotining maʼlumotlariga asoslangan. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/ru/news/ref2606.html
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi