“Oʻzstandart” agentligi milliy mahsulotlarimizni jahon bozorlariga eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi komissiyasining xalqaro YEEK OON standartlari 215 ta, Xalqaro sogʻliqni saqlash tashkilotining «Kodeks Alimentarius» oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlari boʻyicha qabul qilingan 27 ta, Xalqaro ISO tashkilotining 210 ta standartlari jami 233 ta joylardagi ishlab chiqarish va mahalliy eksportyor korxonalarga xalqaro meʼyorlarining afzalliklari yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Hududlarda joylashgan 93 ta tumandagi 153 ta korxonalarning 58 turdagi mahsulotlarini dunyoning 35 ta mamlakatlariga eksport qilinishida amaliy yordam koʻrsatildi.
Shuningdek 140 ta mayiz mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarni zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish maqsadida CODEX STAN 67-1981 «Standart na izyum» standartlari bilan bepul taʼminlab berildi.