Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi tomonidan  Andijon va Qashqadaryo hududiy filiallarida metall mahsulotlarini sinash boʻyicha laboratoriyalarni modernizatsiyalash hamda Toshkent shahrida sinov laboratoriyasining yangi binosini qurilishi va uni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash ishlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” va “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

Laboratoriyalarga xarid qilinadigan uskunalar  boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan Chexiyaning “EXPORTA” kompaniyasi bilan Toshkent shahri laboratoriyasi uchun 13 dona sinov uskunasini xarid qilishga shartnoma imzolandi.