“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining sinov laboratoriyalari Jahon bankining 11,6 mln.doll. miqdoridagi imtiyozli krediti hisobiga modernizatsiya qilish va zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash uchun tender eʼlon qilinib, Germaniyaning “LMS Consult GMBH & CO. KG” kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi.

Unga koʻra, Xorazm va Buxoro filiallarida laboratoriyalarning binolari tayyorlanib, yangi jihozlari oʻrnatildi.