“Oʻzstandart” agentligi masʼullari Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Urgut Erkin iqtisodiy hududi”da joylashgan tadbirkorlik subyektlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashdilar.
Unda milliy mahsulotlarimizning sifatini oshirish, raqobatbardoshligini taʼminlash va sifat milliy infratuzilmasini shakllantirishda ularga yaqin koʻmakdosh ekanligini bildirdilar.
Eng muhimi, “Oʻzstandart” agentligi va Urgut tumani hokimligi oʻrtasida zamonaviy laboratoriyani tashkil etish masalasida tuman hokimi B.Jabborov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unga koʻra Urgut tumanida yangi zamonaviy sinov laboratoriyalari tashkil etiladi.