Tadbirda Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston va Oʻzbekiston davlatlari (MGS aʼzolari)ning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha milliy idoralarining, shuningdek MDH Ijroiya qoʻmitasi va MGSning standartlar Byurosi vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibiga asosan yigʻilish ishtirokchilari tomonidan MDH ishtirokchi-davlatlarida texnik jihatdan tartibga solish, davlatlararo standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, akkreditatlash, texnik reglamentlar, meʼyor va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruv sohasida birgalikda amalga oshiriladigan ishlar, Mahsulot va xizmatlar sifati sohasidagi yutuqlari uchun Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat mukofoti tanlovi, MGSning 2030-yilgacha Rivojlanish strategiyasi loyihasi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning oʻzaro savdo-sotiqdagi texnik toʻsiqlar toʻgʻrisidagi Bitim loyihasi, pandemiya davrida milliy standartlashtirish tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlarga oid masalalar muhokama qilindi.

Tadbir yakuniga koʻra MGS doirasida barcha sohalarni takomillashtirishga oid bir qator vazifalar belgilandi.