“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va “GIZA” markazi hamkorligida seminar – trening oʻtkazildi. Seminarda “Oʻzstandart” agentligi va tizim korxonalari jumladan, OʻzMMIda faoliyat olib borayotgan 70 nafarga yaqin xotin qizlar ishtirok etishdi.
Tadbir jamiyatda ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, oila va xotin qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish yuzasidan interaktiv muloqot shaklida boʻlib oʻtdi.
Xotin-qizlarni mavqeini yuksaltirish, davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokini yana-da faollashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, oilani mustahkamlash va farzand tarbiyasi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha berilgan savollarga “GIZA” markazidan taklif etilgan psixolog Umida Agzamova javob berib oʻtdi.
Yurtimizda ayolni ulugʻlash, uni ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatdagi nufuzini oshirish, ularga oʻz isteʼdod va iqtidorini namoyon etish imkoniyatlarini yaratib berish yoʻlidagi bu kabi tadbirlar OʻzMMI ning 16 ta filiallarida ham navbatma – navbat oʻtkazilib kelinmoqda.
Bugun ayollarimiz nafaqat oila bekasi, farzand tarbiyachisi, balki davlat va jamiyat qurilishida, tadbirkorlikda, ilm-fanda, sanʼat, sport qoʻyinki ijtimoiy hayotning barcha sohalarida iqtidor egalari ekanliklarini namoyon etmoqdalar.