2020-yilning oʻtgan davrida 205 ta korxonalarda 227 ta sifat menejmenti tizimlari joriy etildi.
Bunda, 163 ta korxonalarda sifat menejmenti tizimi boʻyicha (ISO 9001), 8 ta korxonada ekologik menejmenti tizimi boʻyicha (ISO 14001), 22 ta korxona oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi boʻyicha (ISO 22000), 17 ta korxona energetik menejmenti tizimi boʻyicha (ISO 50001) sertifikatlashtirildi.
Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida sertifikatlashtirilgan korxonalarning asosiy qismi oziq-ovqat (32 ta), yengil sanoat (24 ta), qurilish (26 ta) sanoatiga, shuningdek farmatsevtika mahsulotlari (10 ta) ishlab chiqarish korxonalariga toʻgʻri keladi.
Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlash 17 ta akkreditlangan idoralari tomonidan amalga oshirilmoqda.