Prezidentimizning PQ-3790-sonli Qaroriga asosan “UzTest” markazi va uning filiallari qoshidagi 8 ta oziq-ovqat va qishloq hoʻjaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizatsiya qilinmoqda.

Bugungi kunda zamonaviy sinov uskunalarini toʻlaqonli ishlashini taʼminlash maqsadida Amerika qoʻshma shtatlarining “Waters” kompaniyasi tomonidan 6500 AQSH dollari miqdoridagi kalibrovka, standart eritmalari yetkazib berildi.

Natijada, Respublikamizda yetishtirilgan hamda ishlab chiqarilgan shuningdek, chetdan import qilanayotgan oziq-ovqat va qishloq hoʻjaligi mahsulotlarini halqaro standartlarga muvofiq sifat va havfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha laboratoriya sinovlaridan oʻtkazish imkoniyati yaratiladi.