“Oʻzstandart” agentligi tizim-tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishni taʼminlash, maʼrifiy ishlarning samaradorligini oshirishga eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Standartlar institutida davlat tilida ish yuritishning bugungi holati, standartlarni aynan davlat tiliga tarjima qilish yuzasidagi ishlari oʻrganildi.
Institutning har bir boʻlimlari faoliyati bilan tanishish jarayonida ish yuritishga oid barcha meʼyoriy hujjatlarning davlat tilida boʻlishi, uning bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.