Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 724-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi. (https://lex.uz/docs/5108431)

Mazkur texnik reglament Vazirlar Mahkamasining “Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyuldagi 520-son qarori oʻrniga amalga kiritilmoqda.

Ushbu texnik reglamentda yogʻ-moy mahsulotlari xavfsizligiga doir sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyenik normativlari, yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash, tamgʻalash, saqlash, tashish, qaytarib olish va utilizatsiya qilish (qayta ishlash), muomalaga chiqarish, sotish, namuna olish, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash hamda sinovdan oʻtkazish talablari oʻrnatilgan boʻlib, xalqaro normativ hujjatlar talablari bilan uygʻunlashtirildi.

Xususan, yogʻ-moy mahsulotlarga tegishli barcha atama va taʼriflar yangilandi, 24 ta yangi atama va taʼriflar bilan toʻldirildi. Shu jumladan isteʼmolchilarni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash maqsadida mahsulotni qalbakilashtirish toʻgʻrisidagi atama va taʼriflar, shuningdek xavfsizlik va sifat boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatkichlar kiritiladi

Oziqaviy yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar jumladan yogʻ-moy korxonalari 2022-yil 1-yanvargacha XACCP (Hazard Analysis and Critical Control Points) tamoyillariga asoslangan tartibotlarni ishlab chiqishi va joriy qilishi yuzasidan talabi oʻrnatildi.

Xavfsizlik koʻrsatkichlari, ularni meʼyorlari va sinov usullarini xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish, xususan oʻsimlik moylarini identifikatsiyalashda qoʻshimcha mezonlar kiritildi, yogʻ kislotalari transizomerlari, toksik elementlar, antibiotiklar meʼyorlari qatʼiylashtirildi dioksin, eruk kislotasi, erkin gossipol kabi koʻrsatkichlar uchun meʼyorlar oʻrnatildi.

Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.