Bugungi kunda sanoat klasterlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshliligini yana-da oshirish maqsadida xalqaro standartlarni joriy etish muhim ahamiyatga ega.

“Oʻzstandart” agentligi sanoat klasterlarda xalqaro standartlarni joriy etishda amaliy yordam koʻrsatib kelmoqda.

Shu asosda, bugungi kunda “Oʻzstandart” agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan sanoat klasterlari uchun tashkil etilgan seminar ishtirokchilariga xalqaro standartlari talablari, ularning afzalliklari va mavjud imkoniyatlari hamda sohaga tegishli boshqa masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirish berildi.