Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti masʼullari Jizzax shahridagi sanoat hududida joylashgan ingichka tolali shishali momiq Oʻzbekistondagi yagona ishlab chiqaruvchisi boʻlgan «Eko klimat»korxonasi Oʻzbek – Xitoy qoʻshma korxonasida boʻlib, tadbirkorlar ishtirokida sayyor uchrashuv oʻtkazildi.

Unda ishlab chiqaruvchilarga metrologiya milliy tizimini rivojlantirish masalalari toʻgʻrisida tushunchalar berilib, mahsulot sifati va eksport jarayonida sohaning muhimligi yuzasidan maʼlumot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda masʼullar “Mahsulotlar sifati va raqobatdoshligini oshirish uchun milliy standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish va korxonalarga joriy etish muhim vazifa hisoblanishi, yangi milliy mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishga xizmat qilishini taʼkidladilar.