“Oʻzstandart” agentligi joriy yilda metrologiya sohasini xalqaro talablarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida, “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.

Yangi tahrirdagi Qonun Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi (OIML, BIPM) xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirildi hamda xususiy biznes subyektlarini metrologik xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga jalb etish, jumladan oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, sanoat tarmoqlarida oʻlchashlarning yagonaligi taʼminlanadi, mahsulot va xizmatlarning sifat va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tayanch metrologiya xizmatlarini tashkil etish uchun huquqiy asos yaratildi.