Milliy, mintaqaviy, davlatlararo va xalqaro standartlashtirish ishlarini takomillashtirish maqsadida “Oʻzstandart” agentligining qarori bilan «Oʻzavtotranstexnika» ilmiy-ishlab chiqarish markazi qoshida STQ 7 “Transport” sohasida standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitasi tashkil qilindi.
Sohaga oid standartlarni ishlab chiqishda manfaatdor tomonlarning takliflarini koʻrib chiqish, standartlarni ishlab chiqish, oʻzgartirishlar kiritish, ish dasturiga muvofiq standartlarni ishlab chiqish Texnik qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Shuningdek ushbu texnik qoʻmitaning maqsadlaridan biri davlat, ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarning manfaatlarida milliy, mintaqaviy, davlatlararo va xalqaro standartlashtirish ishlarini olib borish hisoblanadi