Oʻzbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy-sanoat va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasi cakkizinchi yigʻilishi doirasida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasining ijrosini taʼminlash maqsadida Chexiya metrologiya instituti bilan investitsiya loyihalari boʻyicha onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Agentlik tomonidan taqdim qilingan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Tadbir natijasiga koʻra, Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti tomonidan taqdim etilgan Innovatsion Metrologiya Kompleksi loyihasiga Chexiya metrologiya instituti tomonidan 2021-yilning fevral-mart oylarida ekspert texnik xulosasi berilishi kelishib olindi.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi