Seminarda taraqqiyotning kushandasi boʻlgan tamagirlik, korrupsiya holatlarining oldini olish va har bir davlat boshqaruvi idorasi faoliyatida ochiqlikni taʼminlash va sohaga axborot kommunikatsiyalarni keng joriy etish orqali yuqoridagi salbiy illatlarga barham berilishi aytib oʻtildi.

Uchrashuv ochiqlik tamoyiliga asosan savol-javob shaklida oʻtdi. Unda ishtirokchilar mavzuga oid oʻzlarini takliflari va savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼullari soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilayotganligini hamda mamlakatda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish choralari koʻrilayotganligi va “Korrupsiyasiz soha” loyihalarining joriy etilish yuzasidan muhim vazifalar ijrosi taʼminlanib borilayotganini taʼkidladi.

“Oʻzstandart” agentligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻrtasida memorandum imzolanishiga kelishib olindi.