“Oʻzstandart” agentligi Xalqaro Savdo Markazi ekspertlari bilan vidoyekonferensiya shaklida boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuvida “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisidagi” yangi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Unda ushbu qonun loyihasi Jahon Savdo Tashkilotining “Savdodagi texnik toʻsiqlar toʻgʻrisidagi” bitimi talablari bilan uygʻunlashuvi va takomillashuvi boʻyicha fikr almashildi.
Tadbir natijalariga koʻra, Xalqaro Savdo Markazi ekspertlari tomonidan mazkur qonun va uni xalqaro meʼyoriy hujjatlar bilan takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi, shuning bilan birga texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish muhokamasiga bagʻishlangan videokonferensiya oʻtkazishga kelishib olindi.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi
Unda ushbu qonun loyihasi Jahon Savdo Tashkilotining “Savdodagi texnik toʻsiqlar toʻgʻrisidagi” bitimi talablari bilan uygʻunlashuvi va takomillashuvi boʻyicha fikr almashildi.