“Oʻzstandart” agentligi va tizim-tashkilotlarida har bir murojaatni chuqur tahlil qilishga va unga amaliy yechim topishga eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Agentlik tomonidan barcha murojaatlar tahlil qilinib, qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqilishi taʼminlanmoqda.

Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida jismoniy va yuridik shaxslardan 116 ta yozma, 261 ta elektron, 47 ta ogʻzaki, jami 424 ta murojaatlar kelib tushdi.

Natija va tahlillarga koʻra jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoʻllangan murojaatlarning 176 tasi mahsulotlarni sertifikatlashtirishda amaliy yordam koʻrsatish, 47 tasi standartlar va meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlash, 41 tasi oʻlchov vositalarini metrologik qiyoslashdan oʻtkazish, 47 tasi mahsulotlarning sifatini oʻrganish, 14 tasi sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish va qolganlari boshqa masalalarga toʻgʻri keladi.

Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha 178 ta murojaatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrilib, murojaat egalari qanoatlantirildi, 246 ta murojaat mualliflariga amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli tartibda tushuntirishlar berildi.