Har bir millat va xalq uchun oʻz ona tili muqaddas hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qoraqalpoq xalqining ona tili bu qoraqalpoq tilidir.
Bugungi til bayrami kuni munosabati bilan “Oʻzstandart” agentligida tashkil etilgan videomuloqotda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy filiallarining xodimlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Agentlik Bosh direktorining maslahatchisi Azamat Pardayev, Boshqarma boshligʻi Qutlimurod Babashev va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktori Lazizbek Saidoripovlar ishtirok etib, xodimlarni til bayrami munosabati bilan tabrikladilar.
Tadbirda til millatning bebaho boyligi, uni asrab-avaylash bilan bogʻliq mulohazalar bildirildi.