Har bir oʻlchashlarda aniqlik muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 396.640 dona oʻlchash vositalari (shulardan 27701 dona oʻlchash vositasi yaroqsiz deb topilgan) metrologik tekshiruvdan oʻtkazildi.
Koʻrsatilgan metrologik xizmatlardan 375.727 dona qiyoslash, 19.202 dona attestatsiya va 1711 dona kalibrlash ishlarini tashkil etadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning 187.564 ta murojaatlariga asosan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) qiyoslash ishlari amalga oshirildi.
Oʻlchash vositalarining metrologik tekshiruvi natijalari va tasdiqlangan turini tan olish boʻyicha 242 dona sertifikatlari rasmiylashtirildi.
Shuningdek, turini tasdiqlash maqsadida 55 turdagi oʻlchash vositalari davlat sinovlaridan oʻtkazildi.