Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4892-son qarori bilan tasdiqlangan “Afgʻoniston Islom Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish” chora-tadbirlarining tegishli bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida, “Oʻzstandart” agentligi hamda «Parrandasanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda parrandachilik korxonalariga xalqaro “ISO 22000” va boshqa xalqaro standartlarini joriy etish boʻyicha onlayn seminar oʻtkazildi.
Unda parrandachilik korxonalari faoliyatida xalqaro standartlarning joriy etilishi va uning afzalliklari muhokama etildi.