Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli “Respublikaning eksport va investitsiya salohiyatini yana-da rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida eksportyor 
va eksport imkoniyatlariga ega korxonalarda zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etishda koʻmaklashish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek SOVID 19 pandemiyasi davrida mahalliy eksportyor korxonalarni qoʻllab quvvatlash maqsadida, import mahsulotlariga Xitoy Xalk Respublikasi, Hindiston va Malayziya davlatlarida qoʻyilgan talablar oʻrganildi.

 

Ushbu davlatlarda import talablar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi (+998 71 20200 11, ichki 1027) yoki Eksportga koʻmaklashish byurosi (+998 71 20200 11, ichki 1171) murojaat qilinishi mumkin.

 

“Oʻzstandart” agentligi

Xalqaro munosabatlar boshqarmasi

Eksportga koʻmaklashish byurosi