Isteʼmolchi uchun mahsulotning sifati va xavfsizligi muhim. “Oʻzstandart” agentligi va manfaatdor vazirlik, idoralar hamkorligida qabul qilinayotgan texnik reglamentlar mahsulotlarga qoʻyiladigan sifat va xavfsizligini taʼminlaydi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilish maqsadida joriy yilda 4 ta umumiy va 4 ta maxsus texnik reglamentlar qabul qilindi.
Texnik reglamentlar 48 tani tashkil etadi.
Yil yakuniga qadar 6 ta texnik reglament ishlab chiqish belgilangan.