“Oʻzstandart” agentligi tomonidan yangi tahrirdagi ishlab chiqilgan “Standartlashtirish toʻgʻrisida” gi qonun loyihasi Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida qonun tashabbuskorlari tomonidan yangi qonun loyihasining maqsadi, unga kiritilayotgan asosiy oʻzgarishlar, xalqaro talablarning mazkur qonun loyihasiga uygʻunlashtirilganligi va qonun loyihasi normalarining tadbirkorlar faoliyatiga ijobiy taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari qonun loyihasi yuzasidan oʻzlarining savollari, taklif va mulohazalarini bildirishdi. Uchrashuv ishchanlik va konstruktiv tarzda oʻtdi.

Loyiha tashabbuskorlari qonun loyihasi boʻyicha bildirilgan barcha taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda yana-da takomillashtirishga kelishib oldilar.