Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Milliy matbuot markazi hamkorligi hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida institutning joriy yilda amalga oshirgan ishlari sarhisob qilinib, kelgusida amalga oshirishi rejalashtirilgan ishlari toʻgʻrisida jurnalistlarga maʼlumotlar berildi.
Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi
Bosh konferensiya va Osiyo Tinch okeani davlatlari metrologik dasturining assotsiatsiyalashgan aʼzo maqomini oldi, davlatlararo texnik qoʻmitalari (KOOMET) solishtirishlarida ishtirok etmoqda.
Germaniyaning JENOPTIK Robot GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 93 ming yevro boʻlgan “Avtotransport vositalarini harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” loyihasini amalga oshirish jarayonida 6 ta laboratoriya uskunalari keltirildi.
2020-yildan metrologiya xizmatlari boʻyicha murojaatlarni qabul qilish
va xizmatlarni taqdim etish uchun “metrologiya.nim.uz” axborot tizimi “yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”ga integratsiya qilinib, 163,5 ming qiyoslash sertifikatlari elektron ravishda rasmiylashtirildi.
Mazkur sohada kelgusida “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” doirasida umumiy qiymati 332 mln soʻm boʻlgan “Ye-Metrologiya” axborot tizimini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Tadbir jarayonida jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.