Respublikamizdagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish hamda xalqaro bozorda raqobatbardoshligini ortirish va ishlab chiqarish jarayonida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida xalqaro darajada tan olingan zamonaviy FSSC 22000 standartni joriy etgan korxonalar soni 32 taga yetdi.

FSSC 22000 standarti sifatida Global oziq-ovqat xavfsizligi tashabbusi (GFSI) tomonidan tasdiqlangan va Yevropa Ittifoqining asosiy oziq-ovqat sotuvchilari tomonidan qabul qilingan.

FSSC 22000 standarti oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ishlab chiqarish tizimida ishtirok etuvchi korxonalari uchun moʻljallangan boʻlib, ishlab chiqarishda xavflarni aniqlash va nazorat qilishda yordam beradi. Ushbu standart oziq-ovqat xavfsizligi jarayonlari, gigiyenaga oid majburiyatlarga rioya qilganligini koʻrsatadigan oziq-ovqat xavfsizligi tizimidir.

 

Oʻzstandart” agentligi 
Menejment tizimlarini joriy etishni

muvofiqlashtirish boshqarmasi