“Oʻzstandart” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, sertifikatlashtirish idoralari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida muhokama qilindi.
- Muhokama jarayonida qonun loyihasi yuzasidan Oʻzbekiston Savdo sanoat palatasi vakillari, shuningdek tadbirkorlar, hamda davlat va xususiy sertifikatlashtirish idoralari tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.
- Mazkur qonun loyihasi bildirilgan takliflar asosida qayta ishlanishi va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda yana-da takomillashtirilib Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilandi.