Butun jahon sifat kuni - noyabrning har ikkinchi payshanba kuni dunyoning koʻplab mamlakatlarida har yili nishonlanadigan tadbirdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti koʻmagida Yevropa Sifat Tashkiloti ushbu kunni tashkil etishda tashabbuskor hisoblanadi.
"Oʻzstanadart” agentligi, matbuot xizmati tomonidan mazkur sana munosabati bilan Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Media tur tashkil qildi. Mazkur uchrashuv ishlab chiqarish korxonalari hamda savdo majmualarida boʻlib oʻtdi. Unda milliy mahsulotlarimizni xalqaro meʼyorlar asosida ishlab chiqarilayotgani,saqlanayotgani hamda savdo majmualaridagi sharoitlari yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.
Uchrashuvda iqtisodiyotimizning ajralmas elementi boʻlgan sifat infratuzilmasi standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya kabi faoliyat yoʻnalishlarida samarali hamkorligi yoʻlga qoʻyilgani, bu esa milliy mahsulotlarimizning sifati va raqobatbardoshligini taʼminlashga muhim omil boʻlayotgan taʼkidlandi.