Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “Paxtachilik sanoatida barqaror rivojlanish va qoʻshilgan qiymatni oshirish” loyihasi doirasida “Oʻzbekiston paxtachilik va toʻqimachilik sanoatida sertifikatlash imkoniyatlari” mavzusida trening boʻlib oʻtdi.
Oʻquv treningi paxtachilik va toʻqimachilik sohasidagi sertifikatlar, ularning Oʻzbekiston uchun dolzarbligi va ahamiyati, sertifikatlashtirish tartiblari va asosiy qoidalari hamda mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirishdagi oʻrni kabi jihatlarini oʻz ichiga qamrab olgan.
Treningda bir qator masʼul vazirlik hamda idoralardan vakillar ishtirok etdilar.
Loyiha Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtirilib, loyihaning asosiy maqsadi - paxtani ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror ishlab chiqarishda va dastlabki qayta ishlash tizimini rivojlantirishda hamda eksportga yoʻnaltirishda qoʻllab-quvvatlash hisoblanadi.