“Oʻzstandart” agentligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika Universiteti bilan hamkorlikda Butunjahon sifat kuniga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Unda bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va koʻrsatilayotgan xizmatlarning tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshligini yana-da oshirishda sifatning oʻrni, sifat sohasida mutaxassislarni tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlarida sifatni taʼminlash va eksportbop mahsulotlarini ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va ularni standartlashtirish milliy tizimiga uygʻunlashtirish kabi mavzularda fikrlar almashildi.