Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tegishli qarorlari bilan mashinasozlik, metallurgiya, sogʻliqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqa sanoat sohalarida xalqaro talablarni hisobga olib ishlab chiqilgan va 2021-yil 1-apreldan qoʻllaniladigan davlatlararo standartlar qabul qilindi.
Ushbu standartlarni qoʻllanilishi aholini sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan taʼminlashda, sinovlarni xalqaro usullar boʻyicha oʻtkazishga koʻmaklashadi.
Standartlar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
Standartlarni xarid qilish masalalari boʻyicha Standartlar institutiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilishingiz mumkin: 100059, Toshkent sh, Choʻpon ota koʻchasi 9 “V”, tel.: (71) 253-85-67.