“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi sinov laboratoriyalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, mahsulotlarni xalqaro standart talablariga muvofiq sinovlarini yoʻlga qoʻyish, sinov natijalarini xalqaro darajada tan olinishini taʼminlash maqsadida, jahon banki tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish yuzasidan, Jahon bankidan loyiha rahbari Dilshod Xidirov va maslahatchisi Yekaterina Onul, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi masʼullari va “Oʻzstandart” agentligi rahbariyati ishtirokida videokonferensiya oʻtkazildi.

Unda loyiha rahbari tomonidan Jahon bankidan ajratilayotgan 20,3 mln.dollar imtiyozli krediti hisobiga “Oʻzstandart” agentligi tizimidagi laboratoriyalarini modernizatsiyalash yuzasidan olib borilayotgan ishlarning hisoboti bilan tanishdi.

Unga koʻra, “Oʻzstandart” agentligining 8 ta hududiy sinov laboratoriyalarini modernizatsiyalash yuzasidan Germaniyaning “LMS Consult GMBH & CO. KG” kompaniyasi tomonidan uskunalarni yetkazib berish boʻyicha ishlari muhokama etildi.

Jahon banki maslahatchisi tomonidan laboratoriya mutaxassislarini uskunalardan foydalanish boʻyicha malakalarini oshirish uchun Germaniya kompaniyasi bilan hamkorlikda yoʻl xaritasi ishlab chiqilib, amaliy ishlar olib borilishi yuzasidan takliflar berildi.

 ​