2020-yil mobaynida Innovatsion rivojlanish va innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobiga davlat granti asosida 3 ta ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.
Xalqaro atom energetikasi agentligi yordamida amalga oshirilayotgan “Ionlashtiruvchi va rentgen nurlanish sohasidagi ikkilamchi etalonlar maxsus dozimetrik laboratoriyasi”ni yaratish boʻyicha texnik-koʻmak loyihalari doirasida maxsus laboratoriya xonasi radiatsion xavfsizlik va sanitar norma talablari asosida tashkil qilinib, 5 nafar xodim xorijiy metrologiya institutlarida malakasini oshirdi.
Germaniyaning JENOPTIK Robot GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda “Avtotransport vositalarini harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” loyihasini amalga oshirish jarayonida 6 ta laboratoriya uskunalari keltirildi va 2 nafar xodimning xorijda malakasi oshirildi.