Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab boʻlayotgan Andijon va Samarqand viloyatlarida maktabgacha taʼlim muassasalarida sifatsiz koʻmirdan ayollar “qoʻlbola briket” tayyorlayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.
“Oʻzstandart” agentligining mazkur xabarga munosabati: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda koʻmir mahsulotining sifati yuzasidan oʻrganishlar olib borilmoqda. Unga koʻra mamlakatimizning hududlaridagi ijtimoiy soha tashkilotlari va “Koʻmir taʼminot” MCHJ boʻlinmalari va omborlardan koʻmir va briket mahsulotidan namunalar olingan. Shundan sinov jarayonlarida 8 ta holatda koʻmir va briket mahsuloti belgilangan standart talablariga javob bermagan. Qolgan namunalar boʻyicha sinov jarayoni davom etmoqda.
“Oʻzstandart” agentligi barcha korxona va muassasalarga xarid qilinayotgan koʻmir mahsulotining sifatiga eʼtiborli boʻlishlarini tavsiya qiladi.