Elektroyensefalograf (EEG) - elektroyensefalografiya uchun tibbiy elektr oʻlchash qurilmasi boʻlib, u chuqur yoki uning yuzasida joylashgan miya nuqtalari orasidagi farqni oʻlchaydi va roʻyxatga olib, elektroyensefalogramni qayd etadi.
Miya elektroyensefalografiyasi - miyani oʻrganish uchun ishlatiladigan diagnostik usul. Bu miyaning holatini, uning faoliyatini va turli xil yuk ostida hujayralar holatidagi oʻzgarishlarni aniqlashning eng qulay usuli hisoblanadi. EEG asab tizimi kasalliklarda, ayniqsa epilepsiyaning diagnostikasi va davolash amaliyotida keng qoʻllaniladi. Anesteziologiyada elektroyensefalografiya behushlik chuqurligini kuzatish va umumiy anestezik preparatlarning taʼsirini baholash uchun ishlatiladi. Ilmiy amaliyotda markaziy asab tizimining xotira, moslashish va his qilish kabi funksiyalarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchashlarining bir xilligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida Oʼz DSt 8.090:2020 «Elektroensefalograflar, elektroensefaloskoplar va ktroensefaloanalizatorlar, qiyoslash uslubiyoti» davlat standarti ishlab chiqildi.
Standart EEG tizimlarining davlat metrologik nazoratini amalga oshirishning umumiy tamoyillarini, metrologik nazoratni tashkil etish va oʻtkazish tartibiga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilash uchun moʻljallangan.