Agentlik 2020-yil rejasiga koʻra 48 ta texnik reglamentlar ishlab chiqib, amaliyotga kiritildi. Sohalar kesimida olinganda oziq-ovqat sanoatida – 13 ta, sanoat va metallurgiya sohasida – 9 ta, mashinasozlikda – 5 ta, neft va kimyo sanoatida – 4 ta, yengil sanoat tarmogʻida – 4 ta, telekommunikatsiyalar tarmogʻida – 3 ta, qurilish materiallarida – 2 ta, taʼlim yoʻnalishida – 2 ta, bolalar oʻyinchoqlari, ekologiya, poligrafiya, veterinariya, tibbiyot va elektrotexnika – 6 ta.

Yil yakuniga qadar mineral oʻgʻitlar, konserva mahsulotlari, qandolat, poliz mahsulotlari, quritilgan mevalar uchun texnik reglamentlar qabul qilinib, 53 taga yetkaziladi.

Erishiladigan natija:

Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) ning Savdodagi Texnik Toʻsiqlar (TBT) toʻgʻrisidagi kelishuv talablari bajariladi.

Mahalliy mahsulotlarni eksport qilinishida raqobatbardoshligi ortadi.

Texnik reglamentlarning qabul qilinishi natijasida 6 mingga yaqin majburiy standartlar ixtiyoriylikka oʻtadi.